Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 371 684
Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan. (Davomi...)
Fustat (arabcha: الفُسطاط) yoki Fostat — Misrning musulmonlar hukmronligi ostidagi birinchi poytaxti. Bugungi kunda Qohira tarkibiga singib ketgan. Shahar 641-yilda, Misr musulmonlar tomonidan fath etilgach, Roshidun xalifaligi sarkardasi Amr ibn al-Os tomonidan hozirgi Eski Qohira hududiga tutash joyda barpo etilgan. Bu yerda Misrdagi birinchi masjid — Amir masjidi ham qad koʻtargan. Shahar XII asrda eng gullagan davriga yetgan va aholisi taxminan 200 000 kishini tashkil etgan. 969-yilda Fotimiylar mintaqani zabt etib, xalifa saroyi joylashgan yangi shahar — Qohirani Fustat shimolida barpo etgan. Fustat Misrdagi maʼmuriy hokimiyat markazi boʻlib, 1168-yilda Misr vaziri Shavar shahar boyliklari salibchilar qoʻliga tushmasligi uchun uni yoqib yuborish buyrugʻini bergunga qadar shu vazifani bajargan. Keyinchalik shahar qoldiqlari yaqin atrofdagi Qohira tarkibiga singib ketgan. Hudud yuzlab yillar davomida qarovsiz qolib, chiqindixona sifatida foydalanilgan. Bugungi kunda Fustat zamonaviy Eski Qohira tumani tarkibidagi mavze boʻlib, uning poytaxt boʻlgan davrlaridan juda kam binolar saqlanib qolgan. Koʻplab arxeologik qazishmalar natijasida hududda yer ostida saqlanib qolgan boy moddiy madaniyat namunalari topilgan. Bu yerdan olingan koʻplab qadimiy ashyolar Qohiradagi Islom sanʼati muzeyida namoyish etilmoqda. (Davomi...)
Filippin 1924-yil 4-maydan 27-iyulgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatning Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi debyut ishtiroki boʻlgan. Filippin, shuningdek, butun Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida Yozgi Olimpiadada ishtirok etgan ilk mamlakat hisoblanadi. Delegatsiya tarkibida sprinter David Nepomuceno hamda ikki nafar rasmiy shaxslar attashe B. Minelle hamda murabbiy va ijrochi ofitser Regino Ylanan bor edi. Yana ikki nafar sportchi Fortunato Catalon va Juan Taduran ham oʻyinlarda ishtirok etishi kerak edi, ulardan Catalon Parijga yetib kelgan boʻlsa-da, musobaqada qatnashmagan, Taduran esa yelka suyagini sindirib olganligi sababli musobaqada ishtirok eta olmagan. Biroq shunga qaramay, Taduran delegatsiya tarkibida Filippin vakili sifatida oʻyinlarga tashrif buyurgan. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti laureatlari roʻyxati
- Braziliyada oʻtgan saylovning ikkinchi turi natijalariga koʻra Lula da Silva (tasvirda) prezidentlik lavozimida qoladigan boʻldi.
- 46-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi erkaklar oʻrtasidagi bahslarda gʻalaba qozondi.
- Amerikalik jurnalist va feministlar faoli Gloria Steinem 92 yoshida vafot etdi.
- Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.
- 1737 — Neapolda dunyodagi eng eski San-Carlo opera teatri ochildi.
- 1922 — Hovard Carther Misrda Tutanxamon maqbarasini topdi (tasvirda).
- 1979 — Tehronda talabalar AQSH elchixonasiga bostirib kirib, 66 kishini garovga oldi.
- 2008 — AQSh prezidentlik saylovi (2008): demokrat Barack Obama gʻalaba qozondi.
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar