bermoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ber-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BER- 'ixtiyoriga topshir-’, 'qoʻliga tutqaz-’. Kitobingizni menga qachon berasiz? Qadimgi turkiy tilda ham yuqoridagi maʼnoni anglatgan bu koʻp maʼnoli feʼl be:r- tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 115), keyinroq ye: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, III, 195; DS, 95): be:r- > ber-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Qoʻliga tutqizmoq; qoʻliga yoki ixtiyoriga topshirmoq. ◆ Berganning betiga qarama. Maqol ◆ Olmoqning bermogʻi bor. Maqol ◆ Haligi xatni u tanaffusga chiqqanda Rustamga bermoqchi edi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ Viktor ham koʻrishib, hol-ahvol soʻrashgach, qoʻliga telegrammani berdi. Sa’dulla Karomatov, „Oltin qum“
- Ehtiyojini, talabini qondirmoq; yoʻq narsa bilan taʼminlamoq. ◆ Ekinga suv bermoq. ◆ Molga xashak bermoq. ◆ Qurilishga mablagʻ bermoq. ◆ Bola yigʻlamasa, ona sut bermas Maqol ◆ Qurilish tresti unga yotoqxonadan joy berdi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ Bandaning rizqini ollo beradi. Komil Yashin, „Hamza“ ◆ Boyning qiziga rahmi kelib, unga non beribdi. "Bulbuligoʻyo" ◆ Qoʻsha qarindoshlar, yaxshi farzandlar bersin. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ Sherigim unga bir stakan suv berdi. Abdulla Qahhor, „Asarlar“ ◆ Quryoz aka shuni kutib turganday: -Men qoʻylarga tomoq beray, - deb qoʻzgʻaldi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
- Baxsh etmoq, bagʻishlamoq; ruhiy holat, kayfiyat, koʻrinish paydo qilmoq. ◆ Musiqa dillarga orom beradi. ◆ Sayohat gashti, togʻlar oʻrkachi, rango-rang tabiat koʻzlarni yashnatib, dillarga orom beradi. Gazetadan ◆ Mansur akalarcha mehribonlik bilan Gavharning yelkasidan tutib, dalda berdi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ [Nuri] Gulnor toʻgʻrisida soʻzlaganda, tovushiga sirli ohang berdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Uning [Kumushning] nafis qora sochlari orqa-oʻngiga toʻzgʻib, ajib bir manzara berdilar. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Biror muassasaga oʻrnashtirmoq, kiritmoq. ◆ Bolani bogʻchaga bermoq. ◆ Oʻgʻlini oʻqishga bermoq. ◆ Boshqa biror hunarga bersak boʻlmaydimi? Ergash Raimov, „Ajab qishloq“ ◆ Bir oʻgʻlimni Xadradagi oʻris maktabiga berdim. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Men Marusyaga tayinlab qoʻydim, ertadan boshlab bog‘chaga ber. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
- Mahsulot yetishtirib, tayyorlab yetkazib turmoq; oʻz mahsuli bilan taʼminlamoq. ◆ Bu xalq xoʻjaligiga nima beradi? ◆ Qishloq xoʻjaligi aholiga oziq-ovqat, sanoatga xom ashyo beradi. ◆ Etak-etak paxtani ikki qoʻllab terganman, Gektaridan yuz-yuzlab paxta beray deganman. "Qoʻshiqlar"
- Nashrga kiritmoq, bosmoq, eʼlon qilmoq; eshittirmoq; koʻrsatmoq. ◆ Maqolangizni kelgusi sonda beramiz. ◆ Konsert bermoq.
- Ayrim otlar bilan qoʻshma feʼl yasaydi, mas.: ◆ ahamiyat bermoq , ◆ bardosh bermoq , ◆ javob bermoq , ◆ boy bermoq , ◆ joy bermoq , ◆ zarba bermoq . ◆ Oʻn bir kishi qarshi ovoz berdi. "Sharq yulduzi" ◆ U koʻprikdan oʻtib, katta yoʻlga chiqqanidan soʻng otga qamchi berdi. Abdulla Qahhor, „Asarlar“ ◆ Mana, seni deb qanday balolarga bardosh beryapman. Komil Yashin, „Hamza“ ◆ Quruq odamlar kiyimga zoʻr beradi, deganlari bejiz emas ekan. Farhod Musajonov, „Himmat“ ◆ Hayo qaysi narsada boʻlsa, unga ziynat beradi. "Fan va turmush" ◆ Quloqlarida uch kalima soʻz oʻrin talashib, aks sado berdi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
- koʻm. fl. vzf. -(i)b affiksli ravishdosh shaklidagi yetakchi feʼl bilan birikadi va: 1) harakatning birov, oʻzga uchun bajarilganligini ifodalaydi. ◆ Yangangga ayt: ilikdan osh qilib bersin. "Guldasta" ◆ Endi ishingga qara, bolam, ertaga kushak tikib beraman. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ Men boʻlgan voqeani aytib berdim. To‘xtash Ashurov, „Oq ot“ ◆ Tutning ustiga chiqib qoqib berdim. Saida Zunnunova, „Olov“ ◆ Bu choldan har balo kutsa boʻladi. Uni hukumatga tutib berish kerak. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ 2) yetakchi feʼldan anglashilgan maʼnoni kuchaytirib ifodalaydi. ◆ U qoʻlini siltab baqirib berdi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ Qambaralidan eshitib ishonmadi va ikkalovini ham soʻkib berdi. Abdulla Qahhor, „Asarlar“ ◆ Zulayho opamlar urishib beradilar. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“
- koʻm. fl. vzf. -a, -y affiksli ravishdosh shakllaridagi yetakchi feʼllar bilan birikib kelganda, koʻpincha -ver shaklida talaffuz qilinadi va quyidagi maʼnolarni ifodalaydi: 1) yetakchi feʼldagi harakatning bajarilishi uchun qarshilik, monelik yoʻqligini, u bemalol bajarilishi mumkinligini anglatadi. ◆ Qatiqlamasdan kosalarga suza ber. Abdulla Qodiriy, „Gʻirvonlik Mallavoy“ ◆ Bahuzur oʻtira ber, charchagandirsan? U. Ismoilov, „Saylanma“ 2) yetakchi feʼldagi harakatning davomliligi, takroriyligini bildiradi. U◆ suv tashib, xumlarga quya berdi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ Oʻlimdan boshqa hamma yaxshilikning barvaqt kelgani maʼqul, deb ona-bola izgʻiy berdi. Mirmuhsin, „Qahramonnoma“ ◆ Sening mushtingni yeya berib, jonimda jon qolgan emas. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Ha-deb katta shaharda yashay berish ham odamni diqqinafas qshshb yuboradi. To‘xtash Ashurov, „Oq ot“
- Yetakchi feʼl sifatida qoʻshma feʼllar tarkibiga kiradi, mas.: ◆ berib tur , ◆ bera qol , ◆ berib yubordi .
Berdisini aytguncha urib oʻldirmoq - gapni oxirigacha eshitmasdan hukm (xulosa) qilmoq. ◆ Berdisini aytguncha urib oʻldiradigan koʻrinasan, sabr qilgin, bolam. Sunnatilla Anorboyev, „Oqsoy“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БЕРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Feʼl
[tahrirlash]bermoq
Tillarda
[tahrirlash]Ruscha ru
bermoq
1 давать, отдавать, выдавать; вручать; подавать, передавать; предоставлять; ◆ oʻz qoʻliga bermoq вручать (что-л. кому-л.) в собственные руки; ◆ qoʻliga pul bermoq выдавать (кому-л.) деньги на руки; ◆ vazifa bermoq давать задание, поручать (что-л.);◆ ijaraga bermoq сдавать внаём или в аренду; ◆ kiraga bermoq сдавать внаём или давать на прокат; ◆ qarz(ga) bermoq давать в долг; ◆ maʼlumot bermoq 1) давать сведения; 2) давать образование; ◆ maosh bermoq выдавать зарплату; sut bermaydigan sigir недойная корова; berganning betiga boqma (или qarama) посл. (букв. не смотри в лицо тому, кто даёт тебе) дают, так бери; bermasning oshi pishmas посл. кто не хочет угостить, у того плов не сварится (употребляется, когда долго не подают кушанье или когда тянут с чем-л., отделываясь отговорками); yo ol xudo, yo ber xudo разг. (букв. или возьми, боже, или дай, боже) будь что будет; либо пан, либо пропал; olmoqning bermogʻi bor погов. (букв. у взятия есть отдача) долг платежом красен;
2 сдавать (экзамены, зачёты); ◆ imtihon bermoq сдавать экзамен(ы);
3 сдавать, оставлять; ◆ shahar bermoq 1) сдавать город; 2) перен. сдаваться; признаваться, что не в состоянии отгадать загадку (в этом случае загадавший сообщает отгадку и считается победителем); ◆ talafot bermoq нести потери (в боях);
4 в сочетании с именами образует сложные (составные) глаголы; adabini (или taʼzirini)◆ bermoq проучить (кого-л.), дать (кому-л.) взбучку; ◆ ahamiyat bermoq придавать значение; ◆ boy bermoq проигрывать, терять; ◆ boʻy bermoq слушаться, подчиняться; ◆ javob bermoq 1) отвечать; 2) отпускать; ◆ jilov bermoq прям. и перен. опустить поводья; ◆ jon bermoq испускать дух, отдать богу душу, умирать; kun bermaslik не давать житья, ◆ koʻrinish bermoq показаться; ◆ omon bermoq щадить, давать пощаду (кому-л.); omon bermay беспощадно; ◆ pardoz bermoq отделывать; полировать; придавать лоск (блеск); ◆ savol bermoq задавать вопрос, спрашивать; ◆ sir bermoq или ◆ sir boy bermoq выдавать тайну; ◆ soʻz bermoq давать слово, давать обет; ◆ tan bermoq отдавать дань; отдавать должное; ◆ bardosh bermoq терпеть, выдерживать; ◆ turish bermoq устоять, вынести; ◆ firib bermoq обманывать, надувать; ◆ foyda bermoq приносить пользу; ◆ xabar bermoq сообщать; ◆ husn bermoq придавать красоту, украшать; ◆ chap bermoq обходить, лавировать; ◆ erga bermoq выдавать замуж; ◆ qoʻldan bermoq упускать; ◆ eʼtibor bermoq обращать внимание, придавать значение; ◆ ustiga bermoq давать (что-л.) сверх того, что уже имеется; давать в придачу; ◆ xotin ustiga qiz bermoq уст. этн. отдавать дочь замуж за женатого человека;
5 с деепр. на -(i)b другого глагола означает, что действие совершается действующим лицом не для себя; ◆ oʻqib bermoq читать (кому-л.); ◆ yigʻib bermoq собирать (для кого-л.); ◆ olib bermoq доставать или покупать (кому-л.); ◆ olib borib bermoq относить (кому-л.); ◆ qoʻyib bermoq 1) подставлять (что-л. для кого-чего-л.); 2) позволять, допускать;
6 после деепр. на -(i)b другого глагола означает, что действие совершается наперекор кому-л.: u soʻkib berdi он обругал его (вместо того, чтобы удовлетворить его просьбу); ◆ turib bermoq мужественно выносить;
7 после деепр. на -a/-y другого глагола означает, что действие продолжается или совершается легко, без помех; u oʻqiy berdi он продолжал (себе) читать; ◆ soʻray bermoq то и дело спрашивать;
8 в форме деепр. входит в состав ряда сложных глаголов: berib turmoq давать на время; одалживать; berib ketmoq оставлять (что-л кому-л.).