Xususiyat
Qiyofa
Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. X. narsalarning oʻzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida oʻzini namoyon etadi. Xossa X.ni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. X. barcha narsaga tegishli boʻlib, oʻziga xos va umumiy, asosiy va asosiy boʻlmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh.k. xossalarga ajratiladi. X. narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud. Har qanday X. nisbiydir. Narsa va hodisalar X.larini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
oʻ