Tautumeitas
| Tautumeitas | |
|---|---|
|
Tautumeitas 2025-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Kelib chiqishi | Riga, Latviya |
| Faoliyat yillari | 2015–hozirgacha |
| Sobiq aʼzolar |
|
| Vebsayt | tautumeitas.lv |
Tautumeitas — 2015-yilda tashkil etilgan Latviyaning folklor va jahon musiqasi yoʻnalishida ijod qiluvchi ayollar musiqiy guruhi[1][2]. Guruh olti nafar xonanda va sozandalardan iborat. Ular „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan Latviya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2025da ishtirok etgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Tautumeitas Auļi bilan hamkorlikda unashtiruv va toʻy marosimlariga bagʻishlangan, Boltiqboʻyi xalqlari folklor musiqasi anʼanalariga asoslangan 13 ta qoʻshiqdan iborat „Lai māsiņa rotājās!“ albomini chiqargan[3]. Mazkur albom „Latviyaning yillik musiqiy yozuvlar mukofoti“da 2017-yilning eng yaxshi folklor musiqiy albomi deb topilgan[4]. Shuningdek, „Lai māsiņa rotājās!“ 2018-yilgi World Music Charts Europe chartida 26-oʻringa, Transglobal World Music Chartning 2018-yil aprel va may oylaridagi reytinglarida esa mos ravishda 38-oʻringa koʻtarilgan[5][6][7]. 2018-yilda Tautumeitas oʻzining nomi bilan atalgan ilk studiyaviy albomi — „Tautumeitas“ni taqdim etgan[8].
2021-yil 2-iyunda Tautumeitas oʻzining rasmiy Instagram sahifasi orqali Lauma Bērza yoz oylarida guruhni tark etishini maʼlum qilgan[2].
2024-yil 20-noyabrda Tautumeitasning „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan „Supernova 2025“ tanlovining yarim finalchilari qatoridan joy olgani eʼlon qilingan. 2025-yil 8-fevralda Tautumeitas „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan „Supernova 2025“ tanlovida gʻolib chiqib, Latviya nomidan Shveysariyada boʻlib oʻtgan „Eurovision–2025“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Tanlovda guruh yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, finalda 13-oʻrinni egallagan[9].
Aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Asnate Rancāne — skripka, vokal, nay
- Aurēlija Rancāne — barabanlar, vokal
- Annemarija Moiseja — zarbli cholgʻular, vokal
- Laura Marta Līcīte — zarbli cholgʻular, skripka, vokal
- Gabriēla Zvaigznīte — vokal
- Kate Slišāne — vokal, mandolina, klarnet, nay
Sobiq aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilona Dzērve — akkordeon, vokal
- Laura Liepiņa — vokal
- Lauma Bērza — skripka, vokal
- Laura Bužinska

Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lai māsiņa rotājās! (2017; Auļi bilan)
- Tautumeitas (2018)
- Dziesmas no Aulejas (2020)
- Skrejceļš (2022)
- Zem saules / Under the Solar Spell (2025)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ar Ziemassvētku singlu grupa "Tautumeitas" aicina iet čigānos“ (lv). www.lsm.lv. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- 1 2 „Message to our listeners from Lauma Bērza“. Instagram (2021-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ Dwek, Joel „LATVIA: Lai Masina Rotajas - Auli & Tautumeitas“ (en). 200worldalbums.com (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ Kaljo, Egils „Auļi team up with Tautumeitas to create powerful sonic tapestry“. Latvians Online (2016-yil 19-mart). Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.
- ↑ „WMCE Year 2018“. World Music Charts Europe. Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „April 2018 Chart“. Transglobal World Music Charte. Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.
- ↑ „May 2018 Chart“. Transglobal World Music Charte. Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.
- ↑ Kaljo, Egils „Popular 'Tautumeitas' ensemble release ethno-pop folklore album“. Latvians Online (2018-yil 28-aprel). Qaraldi: 2020-yil 27-yanvar.
- ↑ „Izvēlēti LTV dziesmu konkursa «Supernova» 20 pusfinālisti“. LSM (2024-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-dekabr.