Maykl Ben David
Maykl Ben David | |
|---|---|
|
Ben David 2022-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
1996-yil 26-iyul |
| Janrlar | Pop |
| Kasbi | qoʻshiqchi |
| Cholgʻular | vokal |
| Faoliyat yillari |
|
| Fuqaroligi | Isroil |
Maykl Ben David (ibroniycha: מיכאל בן דוד , he; 1996-yil 26-iyulda tugʻilgan) — isroillik qoʻshiqchi.
Maykl Israel nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da ishtirok etgan[1]. Xonanda tanlovning ikkinchi yarim finalida „I.M“ qoʻshigʻini ijro etgan. Isroil yarim finalda 13-oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ben David 1996-yilda olti farzandli oilaning ikkinchi farzandi sifatida tugʻilgan. Uning otasi gruzin yahudiyi, onasi esa Ukrainaning Kyiv shahridan Isroilga koʻchib kelgan muhojir hisoblanadi[2][3].
David yoshligidan vokal darslari oʻrgangan va isroillik xoreograf Oz Morag rahbarligida raqs bilan shugʻullangan. Shuningdek, Tel-Avivdagi barlardan birida qoʻshiq kuylovchi ofitsiant sifatida ishlagan. majburiy harbiy xizmatni oʻtagach, u Beit Zvi sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. Mazkur oʻquv yurtini ilgari Rita, Shiri Maimon va Harel Skaat kabi Isroilning Eurovision ishtirokchilari ham tamomlagan. Ben David 2020-yilda ushbu maktabni bitirgan. Oʻqish davrida u spektakl va myuzikllarda rol ijro etgan.
Isroilda X Factor va Eurovision 2022
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil oktyabr oyida Michael Ben David X Factor Isroilning toʻrtinchi mavsumi uchun qatnashgan. Ushbu mavsum Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da Isroil vakilini aniqlash uchun xizmat qilgan. Muvaffaqiyatli tinglovdan soʻng u Eurovision gʻolibi va isroillik pop yulduzi Netta jamoasiga biriktirilgan.
Shou davomida Maykl bir qator mashhur qoʻshiqlarni ijro etgan, jumladan ABBAning „Gimme! Gimme! Gimme! (A Man After Midnight)“, Billie Eilishning „Idontwannabeyouanymore“ hamda Pet Shop Boys guruhining „It's a Sin“ qoʻshiqlarini kuylagan. Yakunda Ben David oʻzining „I.M“ qoʻshigʻi bilan tanlov gʻolibiga aylangan va Isroil nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da ishtirok etgan[4].
| Qoʻshiq | Asl ijrochi | |
|---|---|---|
| Tinglov | "Juice" | Lizzo |
| "Ima" (אמא) | Miri Mesika | |
| Stullar bosqichi | "California Dreamin'" | The Mamas & the Papas |
| Jonli efirlar | "It's a Sin" | Pet Shop Boys |
| "Emor Shalom" (אמור שלום) | Shokolad, Menta, Mastik | |
| "Etz Yarok MiPlastic" (עץ ירוק מפלסטיק) | Margalit Tzan'ani | |
| "Gadal Li Ktzat Zakan" (גדל לי קצת זקן) | Eden Hason | |
| "Efes Maʼamatz" (אפס מאמץ) | Static & Ben El feat. Netta Barzilai | |
| "Boʻer Bi HaShinuy" (בוער בי השינוי) | Marina Maximilian | |
| "Gimme! Gimme! Gimme! (A Man After Midnight)" | ABBA | |
| "Idontwannabeyouanymore" | Billie Eilish | |
| Qoʻshiq tanlovi | "I.M" | Maykl Ben David |
| "Donʼt" | ||
| Final | "Shnei Meshugʻaim" (שני משוגעים) | Omer Adam |
| "I.M" | Maykl Ben David |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Michael Ben David will represent Israel at Eurovision 2022 with "I.M" after winning X Factor Israel“. Wiwibloggs (2022-yil 5-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ „Michael Ben-David winning Israel's Eurovision contest divides fans“. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ Carter, William „Israel: Five Things to Know About Michael Ben David“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 13-fevral). 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ Carter, William „The Chosen People's Chosen Person is…Michael Ben David!“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 5-fevral). 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.