Kontent qismiga oʻtish

Ankerit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ankerit — karbonatlar guruhiga kiruvchi mineral. Qattiqligi 3,5-4. C. ogʻirligi 2,9-3,1. Kristallari yassi romboedr shaklida. Rangi shishasimon va sarg'ish, sargʻish-qoʻngʻir, qizgʻish. Nurash natijasida qoʻngʻir tusga oʻtganligi uchun ilgari qoʻngʻir shpat deb ham atalar edi. Ankerit ko'pincha ruda konlarida kvars, flyuorit, kalsit, xalkopirit, galenit, argentit, tugʻma kumush, siderit, nikelin va boshqa minerallar bilan uchraydi. Ankerit ohaktoshning siderit (FeCO3) bilan almashinishi natijasida ham hosil boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil