Abkayk
Qiyofa
25°56′N 49°40′E / 25.933°N 49.667°E

Abkayk – Saudiya Arabistoni sharqiy qismidagi shahar. Aholisi qariyb 10 ming kishi. Temir yoʻl stansiyasi. Yaqin Sharqda neft qazib olinadigan muhim markazlardan (qarang: Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasi). Abkaykdan turli tomonga 6 ta magistral neft quvuri tortilgan, jumladan, Arabiston yarim orolini kesib oʻtuvchi „Taplayn“ neft quvuri Livanning Sayda shahrigacha boradi. Neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda; oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |